15:01 / 19.05.2021
20641
Google Android 12’ning beta-versiyasini taqdim etdi

Android 12 smartfonlaridan Android qurilmalar uchun pult sifatida foydalanish mumkin.

Foto: The Verge

Google kompaniyasi Android 12’ning beta-versiyasini taqdim etdi.

Android 12’da protsessorning serverga ulanish vaqti 22 foizga qisqardi, dedi Google vitse-prezidenti Samir Samat.

 Android’ning yangi versiyasi dizayni ko‘plab yangilanishlarga ega, deyiladi Google korporativ blogida.

Ma'lum qilinishicha, belgilar va xabarnomalar bezagi o‘zgargan, animatsiya yanada tekislashgan, tugmalar yirikroq va aylanasimon ko‘rinishga kelgan.

Endilikda kamera va mikrofondan foydalanilganda, ekranning o‘ng qismida yashil belgi paydo bo‘ladi, ovoz va videoni tezkor sozlamalar orqali o‘chirish mumkin.

 Shuningdek, Android 12 smartfonlaridan Android qurilmalar uchun pult sifatida foydalanish mumkinligi ma'lum qilindi.

 Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Android 12 Beta 1 versiyasi Pixel 3, shuningdek, Xiaomi, Asus, Sharp, OnePlus, OPPO, Realme, Techno, TCL, Vivo va ZTE smartfonlarining ayrim modellari uchun chiqariladi.

 Android 12’ning yakuniy versiyasi 2021 yil kuzida chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Top