19:57 / 19.05.2021
17766

Inflatsiya, YaIM, TOP-10 tashqi savdo hamkorlar. O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e'lon qilindi

Moliya vazirligi O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotnomani e'lon qildi.

Foto: Reuters

Moliya vazirligi taqdim etgan axborotnoma, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – inflatsiya, yalpi ichki mahsulot, tashqi savdo aylanmasi, sanoat va xizmatlar hajmiga oid ma'lumotlarni qamrab olgan. Undagi asosiy raqamlar quyidagilar:

  • 2021 yil 1 may holatiga inflatsiya darajasi 10,5 foizni tashkil etdi. (o‘tgan yilning mos davrida inflatsiya 14,5 foiz)  
  • 2021 yil 1-choragida YaIM miqdori 128,6 trillion so‘mni tashkil etdi. (2020 yil 1-choragiga nisbatan 3,0 foizga o‘sish)
  • O‘zbekiston Markaziy bankiga ko‘ra, 2021 yil oxirigacha YaIMning real o‘sishi 4,5-5,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
  • 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 32,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 mlrd. AQSh dollariga o‘sdi
  • 2021 yilning birinchi choragida tashqi savdo aylanmasi 7,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. (o‘tgan yilga nisbatan 0,9 mlrd. AQSh dollariga kamaydi)
  • 2021 yil yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari hajmi 91,5 trillion so‘mni tashkil etdi
  • 2021 yil yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 61,0 trillion so‘m
  • 2021 yil yanvar-mart oylarida qurilish hajmi 19,5 trillion so‘mni tashkil etdi 
  • Yanvar-aprel oylarida 19 ta kim oshdi savdosi o‘tkazildi va jami chiqarilgan veksel va obligatsiyalar hajmi 1,6 trillion so‘mni tashkil etdi 

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha Top-10 hamkorlari ro‘yxatida Xitoy (jami tashqi savdo aylanmasining 20 foizi), Rossiya (18 foiz) va Qozog‘iston (12,2 foiz) yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonning quyidagi 10 mamlakat bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori:

Mavzuga oid
Top