10:00 / 19.05.2021
7361
O‘zbekistonda chidamli va sifatli «dastyorlar»ni qayerdan topish mumkin?

Uy, oshxona uchun sifatli, zamonaviy, har tomonlama funksional maishiy texnika tanlash juda muhim. Sababi biz asosiy vaqtimizni oila a'zolarimiz bilan birgalikda uyimizda o‘tkazamiz va biz foydalanadigan texnika vositalari, albatta, kundalik turmushimizni yanada qulay, oson qilishi kerak.

Bunda esa sizga ajoyib, hamyonbop tanlov mavjud: AVALON. Mazkur premium toifadagi maishiy texnika vositalari xonadoningiz uchun munosib sovg‘a bo‘la oladi. 

AVALON kompaniyasi muvaffaqiyatining siri – bu innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, yuqori funksionallik va foydalanishdagi qulaylikdadir. AVALON mijozlariga oddiy mahsulotdan ko‘ra ziyodasini taklif qilishga harakat qiladi. 

Zamonaviy sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, duxovkali pech, idish yuvish mashinalari, changyutkichlar, konditsionerlar, shuningdek, kichik maishiy texnikalar uchun uch yil to‘liq bepul kafolat beriladi. Mahsulotlarning invertor motor va kompressorlariga esa 10 yil bepul kafolat taqdim etiladi.

AVALON sovitkichlari o‘zida zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologiyalar va albatta, yuqori sifatni mujassam etgan bo‘lib, 15 dan ortiq turli modellari mavjud. Ko‘p modellar invertor kompressor bilan jihozlangan bo‘lib, mahsulotlarni har doim yangidek saqlashga yordam beradi.  

AVALON kir yuvish mashinalarini avtomatik dasturlar bilan osongina moslashtirish va har qanday dog‘larni ehtiyotkorona tozalash mumkin. Texnika vositasi 10 yillik kafolatga ega DD (Direct Drive) invertor motor bilan jihozlangan. Bu esa kir yuvish jarayonida ortiqcha shovqin va tebranishdan xalos qiladi, shuningdek, kir yuvish mashinasining uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.

Zamonaviy, ishonchli va eng muhimi, tejamkor idish yuvish mashinalari qimmatli vaqtingizni tejab, uni ko‘proq oila davrasida o‘tkazishingizga yoki dam olishingizga imkon beradi.  

Mukammal texnik xususiyatlar, betakror sifat va dizaynga ega AVALON changyutkichlari bilan uy bekalari xonadonlarini tezkorlik bilan tozalashlari mumkin. 

Kompaniyaning duxovkali pechi ham yuqori sifat va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. U nafaqat mazali pishiriq va shirinliklar tayyorlashda ishonchli yordamchiga, balki oshxonaning haqiqiy ichki bezagiga ham aylana oladi. 

AVALON'ning yana bir ajoyib texnikasi – tekis yuzaga o‘rnatiluvchi gaz zamonaviy dizaynga ega bo‘lib, taom tayyorlash vaqtida xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlaydi. Shuningdek, gazni boshqarish ham avvalgidan yanada osonroq, qulayroqdir. 

Yangi uslubdagi havo tortkichlar esa sizning oshxonangizda nafaqat toza havo bo‘lishini ta'minlaydi, balki ajoyib interer qo‘shimchasiga ham aylanadi. 

AVALON maishiy texnikalari oilaviy hayotingizning bir qismiga aylana oladigan yuqori sifat va hamyonbop narxlardagi mahsulotlardir. Keng turdagi texnika vositalarini respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlaridan topishingiz mumkin. 

AVALON rasmiy shourumi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, M-5, Sh.Rashidov ko‘chasi, 16a uy.

Batafsil ma'lumot uchun:

+998555036666

+998955137070                                                               

+998980004900 (viloyatlar bo‘yicha)

Telegram: t.me/avalon_uzbekistan

Instagram: @avalon_uz

Fasebook: fb.com/avalon.uzbekistan

YouTube: youtu.be/78drICrqVc0

Veb sayt: avalon.uz

Reklama huquqi asosida

Top