15:53 / 20.05.2021
5334

Afg‘onistonda avtomobil portlashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Hozircha ushbu hodisa bo‘yicha javobgarlikni hech bir guruh zimmasiga olmagan.

Afg‘onistonning G‘ilmind viloyatida sodir bo‘lgan portlash to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi Tolo News telekanali.

Xabar qilinishicha, portlash Lashkargoh shahrida yuz bergan. Yo‘l chetiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaga duch kelgan avtomobil portlab ketgan. 

«Portlash oqibatida yana ikki kishi jarohatlandi», - deyiladi xabarda.

Hozircha ushbu hodisa bo‘yicha javobgarlikni hech bir guruh zimmasiga olmagan.

Avvalroq Kobul shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangandi.  

Top