15:05 / 20.05.2021
10090

Qirg‘izistonda pora talab qilgan vazir qo‘lga olindi

Qayd etilishicha, mansabdor loyiha bo‘yicha shartnoma ijrosi muddatini uzaytirish masalasini ijobiy hal qilish uchun xorij kompaniyasi vakilidan pora so‘ragan.

Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari, raqamli rivojlanish vaziri Azamat Diykanbayev o‘ta yirik miqdorda pora talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib Interfaks xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Diykanbayev tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi «Xavfsiz shahar» loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirayotgan xorij kompaniyasi vakilining arizasiga ko‘ra sudga qadar surishtiruv ochgan.

Qayd etilishicha, mansabdor loyiha bo‘yicha shartnoma ijrosi muddatini uzaytirish masalasini ijobiy hal qilish uchun pora so‘ragan.

Diykanbayev shu yilning 5 may kuni Qirg‘iziston raqamli rivojlanish vaziri etib tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top