09:27 / 20.05.2021
14841
To‘rt oy davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil nomi aytildi

O‘zbekistonda to‘rt oy ichida avtomobil ishlab chiqarish sanoatida eng ko‘p “Cobalt” ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-aprel oylarida 18 223 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

2021 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Cobalt” - 18 223 dona; 
  • “Damas” - 17 666 dona; 
  • “Lacetti-Gentra” - 12 047 dona;
  • “Nexia T-250” - 9 279 dona; 
  • “Labo” - 3 949 dona;
  • “Spark” - 3 823 dona.

Bundan oldin, uch oy davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil nomi aytilgandi.

Top