19:15 / 20.05.2021
3696

Vengriya YeIning Pfizer bilan vaksina bo‘yicha yangi kelishuvida ishtirok etmasligini bildirdi

Vengriyada aholi koronavirusga qarshi beshta vaksina bilan emlanmoqda. Mamlakatda fevralda "Sputnik V" va Sinopharm vaksinalari bilan emlash ishlari boshlangandi.

Foto: AP /Virginia Mayo

Vengriya hukumati YeIning Pfizer/BioNTech kompaniyalari bilan 1,8 mlrd doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvida qatnashmaslikka qaror qildi.

Vengriya bosh vaziri apparati rahbari Gergel Gulyashning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda vaksina dozalari yetarlicha.

«Bizda sharqiy va g‘arbiy yetkazuvchilarning vaksinalari ko‘p», – dedi Gulyash.

Uning qayd etishicha, 2022 yil oxirigacha Vengriyaga 10 mln doza "g‘arb vaksinasi" yetkazib beriladi.

Vengriyada aholi koronavirusga qarshi beshta vaksina bilan emlanmoqda. Mamlakatda fevralda «Sputnik V» va Sinopharm vaksinalari bilan emlash ishlari boshlangandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Vengriyada 800 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan, 29,3 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Top