10:48 / 21.05.2021
12367
Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Arziyev Rahmatillo Burhonovich tayinlandi.

R.Arziyev 1973 yilda Shahrisabz shahrida tavallud topgan. 1994 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994 yil Qashqadaryo viloyati «Shahrisabz-taksi» ochiq turdagi jamiyat bosh muhandisi vazifasidan boshlagan.

2001—2002 yillarda Shahrisabz tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks bo‘yicha murabbiyi vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan buyon ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Sodiq Donaqulovich Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimida ish boshlagan edi.

Top