19:37 / 21.05.2021
2184
Buxorolik haydovchi uxlab qolib, YTH sodir etdi. U bilan ketayotgan onasi vafot etdi

Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda u bilan birga ketayotgan onasi vafot etgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi onasi, farzandi va do‘sti bilan kecha tunda Toshkentga qarab yo‘lga chiqib, uzoq vaqt dam olmasdan mashina boshqargan. So‘ng, bugun, 21 may kuni kunduzi M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududiga kelgach, uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va svetoforda to‘xtab turgan Kamaz yuk mashinasining orqa tomonidan borib urilgan.

Oqibatda, haydovchining onasi voqea joyida vafot etgan. Do‘sti og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Har ikkala mashinaga ham jiddiy shikast yetgan.

Top