15:15 / 21.05.2021
5981

Iste'molchi ichimlik suvi ta'minotidan elektr energiyasi kabi uzib qo‘yilishi mumkinmi?

“O‘zsuvta'minot” departament boshlig‘i Zuhriddin Zayniddinovning ma'lum qilishicha, respublika bo‘yicha suv yetkazib berish hajmi ortib borayotganiga qaramay, to‘lovlar undirilishi 50-60 foizligicha qolmoqda.

Tadbirda “Qarzdorlik holatlarini bartaraf etish uchun ichimlik suvini ham xuddi elektr energiyasi singari avtomatik uzib qo‘yish tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinmi?” deya so‘raldi.
 
“Biz bu masalani o‘rganganmiz. Lekin ichimlik suvini uzib qo‘yish sanitar–gigiyenik muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa yuqori qavatli uylarda bunday chorani qo‘llamagan ma'qul. Shuning masalaning siyosiy jihati ham bor. Ombudsman bilan maslahatlashgan holda bu inson huquqlariga ham muvofiq kelmasligini hisobga olganmiz. Istardikki, iste'molchilarning o‘zlari tushungan holda qarzdorlikni bartaraf qilishsin.

Garchi uzib qo‘ymasak-da, kelajakda onlayn kuzatuvni amalga oshirish mumkin bo‘lgan “aqlli hisoblagich”lar o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz”, dedi Zuhriddin Zayniddinov.

Mavzuga oid
Top