23:17 / 21.05.2021
14621
JSST vakili koronavirus qurbonlari soni rasmiy statistikaga qaraganda ancha ko‘pligini aytdi

Koronavirusdan o‘lim darajasi rasmiy raqamlardan 2–3 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda koronavirusdan 3,451 mlndan ortiq odam vafot etgan, aslida bu ko‘rsatkich 6–8 mln kishini tashkil qiladi. Bu haqda JSST bosh direktorining ma'lumotlar va tahlil masalalari bo‘yicha yordamchisi Samira Asma ma'lum qildi.

«Pandemiya hozir kuchaymoqda. Fikrimcha, ishonch bilan aytish mumkinki, hozirda koronavirusdan kamida 6–8 mln kishi vafot etgan», deb aytgan Asma.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 30 yanvaridan 31 dekabrigacha koronavirusdan rasman 1 mln 813 ming 188ta o‘lim qayd qilingan. Biroq dastlabki baholashlarga ko‘ra, 2020 yilda koronavirusdan o‘lim darajasi 3 mln kishini tashkil qilgan, chunki virus oqibatida yuz bergan hamma o‘limlar ham hisobga olinmagan.

JSST ekspertlari ushbu statistikani inobatga olib, ayni vaqtda virusdan o‘lim darajasi rasmiy ma'lumotlardagidan kamida 2–3 marta ko‘pligini va 6–8 mln kishini tashkil qilishini taxmin qilishmoqda.

Top