16:33 / 21.05.2021
1363

Namanganda xotira turniri bo‘lib o‘tdi

Namangan shahrida joylashgan “Dinamo” o‘yingohida viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari va namanganlik yoshlar o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarish chog‘ida mardlik va jasorat ko‘rsatib, fuqarolar hayotini saqlab qolish vaqtida halok bo‘lgan Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi marhum safdor  Abdulxodi Abdulvoxidov xotirasiga bag‘ishlandi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Namangan shahar, Norin, To‘raqo‘rg‘on va Chust tuman qo‘riqlash bo‘limlarining  xodimlari o‘z vazn toifalari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 

G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid
Top