11:27 / 21.05.2021
5852

O‘zbekistonga aprel oyida 65ta elektromobil olib kelindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138taga ko‘p.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, 2021 yilning aprel oyida 65ta elektromobil import qilingan.   

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston elektromobillarni import qilgan davlatlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Xitoy – 119ta;
  • Turkiya – 24ta;
  • Koreya – 4ta;
  • AQSh – 4ta;
  • Germaniya – 3ta;
  • Litva – 1ta; 
  • Ispaniya – 1ta.

2021 yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Toshkent shahri – 150ta;
  • Samarqand viloyati – 2ta;
  • Andijon viloyati – 2ta; 
  • Toshkent viloyati – 1ta; 
  • Sirdaryo viloyati – 1ta.

So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

  • 2018 yilda – 13ta;
  • 2019 yilda – 39ta;
  • 2020 yilda – 131ta.

Ma'lumot uchun, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSh dollari sarflangan.

Top