11:00 / 21.05.2021
6642

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan Gazli regionida konlar va quduqlardagi tabiiy gaz qazib chiqarilishi holati o‘rganildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlar va quduqlarda tabiiy gaz qazib chiqarish va gazni tayyorlash qurilmalarning ishlash holati, barqaror ishlashini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Andaqli”, “O‘rtaqum”, “Toyloq” gaz konlarida bo‘lib, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar holti bilan joyida tanishib chiqildi.

Quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidi o‘rganildi. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni joyida barataraf etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Xususan, “Andaqli” konidagi 6-,7- quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash jarayonlari o‘rganilib, burg‘ilish ishlarini jadallashtirish, qazib chiqarish quduqlarini o‘zlashtirish uchun gaz quvurlarini qurish loyihalarini qisqa fursatda amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Shu birgalikda konlarda yangi quduqlarni burg‘ilash qurilmalarida va gaz qazib chiqarish quduqlari, texnologik obektlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqildi.

Boshqaruv raisi ishchi-xodimlar uchun barcha sharoitlarni yana yaxshilash kerakligi, ularning ishlashi, ovqatlanishi, yashashi bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bundan ham ijobiy holatga keltirilishi zarurligi belgilandi.

Aynan, tabiiy gaz qazib chiqarilishida quduqlar va konlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning mehnati katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, eng avvalo ular uchun qulayliklar yaratish maqsadga muvofiqligi aytildi.

Boshqaruv raisi ishchi-xodimlar, operatorlar va boshqa ishchilar bilan suhbatda bo‘lib, ularning muammoli masalalarini o‘rgandi. Ularning ishlash sharotilari va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha shaxsan suhbatlashdi.

Ishchi-xodimlar ham o‘z navbatida, yaratib berilayotgan sharoit shaxsan Boshqaruv raisi tomonidan o‘rganib kelinayotgani, muammolari bartaraf etilganini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Gazli regionida burg‘ilash ishlari qay darajada davom etayotgani borasida uskunada o‘z vazifasini amalga oshiriayotgan operator bilan suhbatlashgan Boshqaruv raisi, qo‘shimcha yaratib berilishi kerak bo‘lgan sharoitlarni o‘rgandi.

Belgilangan vazifasini vijdonan amalga oshirayotgan burg‘ilash uskunasi operatori ishlash, yashash, ovqatlanish va salomatligini asrash borasida yaratib berilgan sharoitlar uni qoniqtirishini hamda o‘z kasbi yoqishini bildirdi.

O‘rganish davomida Gazli regionidagi konlar va maydonlarning qӯshimcha imkoniyatlarini ӯrganish maqsadida geologiya-qidiruv ishlarini, shu jumladan, 3D seysmik-qidiruv ishlarini jadallashtirish va bu orqali “Uchqir”, “G‘arbi”, “Toyloq” va “Parsanko‘l” konlarining yangi imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha ham topshiriqlar belgilandi.

“To‘maris”, “Andaqli”, “Shorko‘m”, “Hazarbog‘”, “Sulaymontepa”, “Jayxun”, “Karomat”, “O‘rtakum” va “Toshqal’a” kabi bir qator istiqbolli konlar va maydonlarda izlov-qidiruv burg‘ilash ishlarini jadallashtirish orqali uglevodorodlar zaxiralarini o‘stirishni ta’minlash bo‘yicha tegishli boshqarma va departament boshliqlariga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Gazlidagi konlaridan qazib olinayotgan gazni “Gazli” gazni qayta ishlash zavodiga yetkazib berish tizimi quvurlaridan gaz kondensati mahsulotini turli uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan talon-taroj qilinishiga chek qo‘yish maqsadida, quvurlarni qo‘riqlash xizmatini samarali hisob-kitoblardan kelib chiqib Milliy gvardiya qo‘riqlash Boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari joylashgan post bilan tanishib chiqildi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. O‘z navbatida Milliy gvardiya xodimlarining mas’uliyatli vazifani bajarishlarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Qumli” konidan “Gazli” gazni qayta ishlash zavodigacha bo‘lgan gaz quvurining 8-km masofasida aniqlangan shikast yetkazilgan joyi borib ko‘rildi.

Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda, gaz kondensati mahsulotini o‘g‘irlanishi holatlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘riqlash ishlari olib boriladigan joylarni belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Milliy gvardiya xodimlari bilan birga o‘g‘irliklarning oldini olish va qo‘riqlash tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top