09:00 / 21.05.2021
5884
Seoul Mun savdo-ko‘ngilochar markazi qurilishi jarayonlari

Dream City Development kompaniyasi Seoul Mun yirik savdo va ko‘ngilochar markazining qurilishidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida kompaniya poytaxt markazida yangi loyihani qurilish ishlarini boshladi. Ulkan va keng ko‘lami Seoul Mun savdo-ko‘ngilochar markazi tadbirkorlarga Bo‘rijar kanali bo‘ylab 22000 kvadrat metr maydonda savdo joylarini taklif etadi. Loyiha ikki sohilda uch qavatli qilib bunyod etiladi. Obektning umumiy maydoni 40000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Tijorat markazi 13 dan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan joylardan iborat.

Ochiq maydon loyihaning asosiy ajralib turadigan xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bir necha oy davomida bu yerda qirg‘oqning turli balandlikdagi sathlarini jipslash, shuningdek tuproq qatlamlarini barqarorlashtirish va mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu vaqt mobaynida poydevorni mustahkamlash va quyish, devorlarni o‘rnatish va janubiy sohilda har birining balandligi 6,5 m bo‘lgan uchta qavatni ko‘tarish jarayonlari amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda ushbu bloklarda turli bosqichlarda devorlarni, ustunlar va tomlarni mustahkamlash va betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tgan oyda qurilish ishlariga 300 tonnadan ortiq armatura va 2000 m³ beton ishlatildi. Jarayonda metro, ko‘priklar va boshqa yer osti inshootlarini qurish uchun ishlatiladigan mustahkam, sovuqqa va namlikka chidamli M450 markali betondan foydalanilmoqda.

Loyihaning shimoliy qirg‘og‘ida tuproq ishlari olib borilmoqda. May oyida maydondan 20200 m³ tuproq olib tashlandi. Endi mutaxassislar tuproq qatlamlarini tayyorlash va mustahkamlash ishlariga kirishadilar. Loyihaning faol qurilish bosqichida kompaniya savdo va ko‘ngilochar markazida tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish uchun qulay shartlarni taklif etadi.

Hozirgi vaqtda tijorat binolarining 70% dan ortig‘i sotilgan. Seoul Mun'da nafaqat biznesingizni boshlashingiz mumkin, balki uzoq muddatli ijara shaklida passiv daromad olish imkoniyatini beradigan ko‘chmas mulk ham hisoblanadi.

Seoul Mun – tijorat ko‘chmas mulkiga foydali sarmoyalar uchun yuzlab variantlarni taqdim etadi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: «Xalqlar do‘stligi» maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l 

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top