10:06 / 21.05.2021
9224

Tramp koronavirusni «Xitoy virusi» deb atagani uchun sudga berildi

Xitoy millatiga mansub amerikaliklarning huquqlarini himoya qilish jamoatchilik tashkiloti AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni koronavirusni «Xitoy virusi» deb atagani uchun sudga berdi. Bu haqda TMZ portali ma'lum qildi.

Foto: AP /John Raoux

Da'vo qiluvchilar Trampni bo‘hton qilishda va ma'naviy zarar yetkazishda ayblashmoqda hamda uni ilk bor Xitoyda aniqlangan koronavirusni «Xitoy virusi», «Uhan virusi» va Xitoyga shama qiluvchi boshqa iboralar bilan atagani uchun javobgarlikka tortishni talab qilishmoqda.

Ularning fikricha, Trampning bunday noxolis yondashuvi AQShda osiyoliklarga nisbatan zo‘ravonlikning avj olishiga olib kelgan. Shu sababli da'vo qiluvchilar sud orqali Tramp AQShda yashovchi har bir osiyolikka 1 dollardan kompensatsiya, umumiy hisobda 22,9 mln dollar to‘lashiga erishmoqchi.

Tramp o‘z nutqlarida Xitoyda 2019 yil oxirida birinchi marta qayd qilingan virusni «Xitoy virusi» deb atash kerakligini ko‘p marotaba ta'kidlab kelgan. O‘z navbatida, Pekin koronavirusni Xitoy bilan bog‘lashga har qanday urinishni qoralab kelgan.

Mavzuga oid
Top