16:07 / 22.05.2021
12404

Bayden Kim Chen bilan uchrashishi shartini aytdi

Jo Bayden KXDR rahbari bilan uning yadroviy qurollarini muhokama qilish niyatida.

Foto: AP

AQSh prezidenti Jo Bayden KXDR rahbari Kim Chen In bilan ma'lum shartlar asosida uchrashishga tayyor. U bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan hamkorlikdagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Jurnalistlar Baydendan AQSh va KXDR rahbarlari uchrashuvi tashkil etilishi uchun qanday shart qo‘yilishi mumkinligini so‘rashdi.

"Agar Kim Chen In men bilan uchrashish uchun shartimga ko‘nsa, uchrashishim mumkin. Bu shart uning yadroviy qurollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ladi", - dedi Bayden.

"Anig‘ini bilishim kerak", - dedi Bayden KXDR yetakchisi bilan bo‘ladigan ehtimoliy uchrashuv haqida gapirarkan.

 "Jamoam KXDRdagi hamkasblari bilan uchrashib, aynan qanday masala bo‘yicha uchrashishimiz mumkinligini biladigan bo‘lsa, bunga kafolat berishim mumkin", - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid
Top