20:45 / 22.05.2021
7077

Nyu-Dehlida 200ga yaqin kishida "qora mog‘or" aniqlandi

Mahalliy OAVning yozishicha, Hindistonda mukormikozga chalinganlar soni kamida 7250 nafarga yetgan.

Foto: AP Photo/Rajanish kakade

Hindiston poytaxtida 200ga yaqin kishida mukormikoz ("qora mog‘or") aniqlandi. Bu haqda Dehli poytaxt okrugi sog‘liqni saqlash vaziri Satendar Jayn ma'lum qildi.

"Shaharda 197ta "qora mog‘or"ga chalinish holati qayd etildi. Avvallari bir yilda 30-50ta ana shunday holat aniqlanardi, endilikda ularning soni keskin o‘sdi", - dedi Jayn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10ga yaqin xususiy klinika va uchta davlat shifoxonasida "qora mog‘or"ga chalingan bemorlar davolanmoqda.

U mukormikozdan davolash uchun dorilar yetishmayotganini aytdi.

"Taqchillik butun mamlakat bo‘ylab kuzatilmoqda, Dehli ham bu muammoga duch kelgan", - dedi vazir.

Mukormikozga chalinish holatlari Nyu-Dehlida, Rajaston, Telangana, Maxarashtra, Karnataka, Uttarakxand, Madxya-Pradesh, Andxra-Pradesh va Bixa shtatlarida qayd etilgan. Mahalliy OAVning yozishicha, Hindistonda mukormikozga chalinganlar soni kamida 7250 nafarga yetgan.

Avvalroq Rajaston va Telangana shtatlarida mukormikoz epidemiyasi e'lon qilingandi.

Top