11:24 / 22.05.2021
1282
Samarqandda fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan yerni 9 ming dollarga sotayotgan firibgarlar ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.Q. va B.A. qarindoshi M. tomonidan fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotayotganda ushlangan. Ular 60 sotix yer maydonini «M.» xususiy korxonasi rahbariga firibgarlik yo‘li bilan 9 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 5 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top