23:33 / 22.05.2021
21693

Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan yigitni yuk mashinasi bosib ketdi. U voqea joyida vafot etdi

Samarqand viloyati Narpay tumanida yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 18 may kuni kunduzi M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Narpay tumani hududidan o‘tuvchi 106-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Tez harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan ko‘chani kesib o‘tayotgan 24 yoshli yigitni urib yuborib, bosib o‘tib ketgan. Oqibatda, yigit og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, tuman IIB tomonidan mazkur YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top