14:14 / 23.05.2021
2736
Braziliya prezidenti niqob taqmagani uchun jarimaga tortildi

Sanitariya nazorati boshqarmasining bildirishicha, prezident "niqob taqish majburiyatini bajarmagan va sanitariya nazoratisiz 100dan ortiq odam to‘planishiga yo‘l qo‘ygan".

Foto: TASS

Braziliyaning Maranyan shtati hukumati Asaylandiya shahrida ko‘plab odamlarni to‘plagani va o‘zi niqobsiz holda bo‘lgani uchun mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruni jarimaga tortdi.

Jarima Maranyan shtati sanitariya nazorati boshqarmasi tomonidan solindi.

Boshqarmaning bildirishicha, prezident «niqob taqish majburiyatini bajarmagan va sanitariya nazoratisiz 100dan ortiq odam to‘planishiga yo‘l qo‘ygan».

«Qonun barchaga barobar», - dedi Maranyan shtati gubernatori Flavio Dino.

Pandemiya boshlanganidan buyon Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 16 milliondan oshgan, 448 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Top