17:47 / 23.05.2021
7479
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etdi. U yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida mashina urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 18 may kuni tonggi soat 03:00 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumani «Zarafshon» MFY O‘rtabo‘z qishlog‘idan o‘tuvchi 1078-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH ro‘y bergan. Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 33 yoshli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan «Kobalt» mashinasini Samarqand-Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotib, M39 avtomobil yo‘lining belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan, yoshi 55-60 lar atrofida bo‘lgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea yuz bergan joyda vafot etgan.

Top