22:25 / 24.05.2021
6013
Hongkongda noyob pushti brilliant rekord narxga sotildi

Hongkongdagi kimoshdi savdosida «Sakura» nomli noyob pushti brilliant 29 mln dollarga sotildi. Bu qiymat shunday rangdagi qimmatbaho toshlar uchun to‘langan rekord summa bo‘ldi.

Foto: YeRA

15,81 karatli brilliant 226,3 mln Hongkong dollariga sotilgan. Platina va oltindan ishlangan uzukka qo‘yilgan qimmatbaho tosh 25 mln dollardan 38 mln dollargacha baholangandi.

«Sakura» brillianti to‘q pushti rangli brilliantlar orasida eng yirigi hisoblanadi. Bunday olmoslar tabiatda juda kam uchraydi va ulardan bor-yo‘g‘i 10 foizigina 0,2 karatdan og‘irroq chiqadi.

 Pushti brilliantlar uchun avvalgi rekord narx 2020 yil noyabrda o‘rnatilgandi. O‘shanda Jyenevadagi kimoshdi savdosida 14,83 karatli «Atirgul ruhi» brillianti 26,6 mln dollarga sotilgan. Qimmatbaho tosh Yoqutistonda topilgan.

Top