09:00 / 24.05.2021
3503
Olmazor Business City turar joy majmuasidagi tijorat ko‘chmas mulki

Olmazor Business City turar joy majmuasidan biznesingiz uchun tijorat binolarini sotib olishga shoshiling.

Olmazor Business City turar joy majmuasi qurilishining keyingi bosqichi foydalanishga topshirilishiga bir necha oy qoldi. Tadbirkorlar uchun turar joy majmuasidagi ko‘p qavatli uylarning pastki qavatida joylashgan tijorat ko‘chmas mulki taklif etiladi. Binolar parametrlari ichki makonda turli loyihaviy g‘oyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bu yerda kiyim-kechak yoki poyabzal butiki, supermarket ochish mumkin. Shuningdek, umumiy ovqatlanish nuqtasi yoki xizmat ko‘rsatish sohasi, go‘zallik saloni, kimyoviy tozalash va boshqalarni tashkil qilish mumkin. Joylar panorama oynali bo‘lib, har bir do‘kon alohida kirish joyiga ega.

Tashrif buyuruvchilar oqimi majmuaning ko‘p sonli aholisi, uning mehmonlari, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining yo‘l bo‘ylab qulay joylashganligi hisobiga shakllanadi. Taklif etilayotgan joylarning turar joy majmuasi markazidagi xiyobonlarda ekanligi va har bir joyning universal texnik tavsiflari Olmazor Business City'da ko‘chmas mulk sotib olgan har bir tadbirkorga doimiy daromad manbai olish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda oxirgi 8 ta tijorat joylari sotuvda qolgan. Obektlarning maydoni 60 dan 141 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Hozirda bu toifadagi binolar uchun maxsus narx mavjud. Talabgir tijorat joylarini imtiyozli narxda xarid qilib istiqbolli ko‘chmas mulk egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top