19:59 / 24.05.2021
1068
Surxondaryoda piyodani urib yuborgan «Jiguli» ag‘darilib ketdi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida «Jiguli» avtomashinasi avval piyodani urib yuborgan. So‘ng, ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 21 may kuni taxminan soat 14:30 larda Oltinsoy tumani Gulobod mahallasidan o‘tuvchi ichki yo‘lda shu tumanning Karsagon mahallasida yashovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi «Jiguli» avtomashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Haydovchi yo‘lda harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida ketayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga yotqizilgan. Piyodani urib yuborgandan so‘ng, «Jiguli» yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Qayd etilishicha, tuman IIB YHXB tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Top