16:25 / 25.05.2021
1706

Jizzaxda aholi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib ohak pishirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida aholi uchun mo‘ljallangan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib ohak ishlab chiqargan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va «Hududgaz Jizzax» gaz ta'minoti filiali xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sharof Rashidov tumanida gaz ta'minotidan uzilgan «S.» xususiy korxonasida fuqaro X.X. noqonuniy tarzda aholiga tortilgan gaz tarmog‘iga ulanib, ohak pishirgani aniqlangan.

Jumladan, X.X. tabiy gazdan noqoniy foydalanib, hududiy gaz ta'minoti korxonasi manfaatiga 42,7 million so‘m zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top