14:07 / 25.05.2021
10526
O‘zbek-afg‘on biznes forumi: qurol uchun o‘q ko‘rgazmasi gavjum, dori-darmon oldida odam siyrak

Ayni damda Termiz shahrida O‘zbek-Afg‘on ishbilarmon doiralari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalq xo‘jaligi va sanoatning turli sohalarini qamrab olgan ko‘rgazmada namoyish etilayotgan mahsulotlar ko‘lami ancha ortgani e'tirof etilyapti.

O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya vakili qiziqarli holatga e'tibor qaratdi:

“Ko‘rgazmada turli-tuman mahsulotlar namoyish qilinyapti. Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarish naqadar kengayganini ko‘rsatadi. Qizig‘i, o‘q-dori namoyish qilingan stendlar oldi juda gavjum. Bizning mahsulotlarimiz, ya'ni dori-darmon ko‘rgazma maydonlarida odam siyrak. Bu ham mehmonlarning qiziqishidagi o‘ziga xos jihatlardan biri bo‘lsa kerak. Nima bo‘lganda ham bu kabi tadbirlar davlatlararo hamkorlik va biznes rivojiga xizmat qiladi”.

Top