19:22 / 25.05.2021
7938
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksporti 21 foizga o‘sdi

2021 yilning 4 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Markaziy Osiyo davlatlaridan import hajmi 25 foizga, eksport esa 21 foizga o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida infografika e'lon qildi.

2021 yil yanvar-aprel oylarida Markaziy Osiyo davlatlarining O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 17 foizni tashkil qilgan.

4 oyda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 1,8 milliard dollar bo‘lgan.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan eng yirik savdo aylanmasi (69 foiz) Qozog‘iston bilan amalga oshirilgan: 875 million dollar eksport, 338,3 million dollar import hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Bundan tashqari, Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi jami savdo aylanmasining 14 foiziga teng bo‘ldi, bu davlat bilan eksport 195,7 million dollar, import 54,3 million dollarni tashkil qildi.

Tojikistonga eksport 121,9 million, import 17,5 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Turkmanistonga eksport 36,5 million dollar, import 130,5 million dollarga yetdi.

 Shuningdek, 2021 yilning 4 oyida import 1,7 milliard dollar, eksport esa 692,4 million dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksporti 21 foizga, import esa 25 foizga oshgan.

Avvalroq, 2020 yilda 1 mlrd dollardan ortiq sanoat mahsulotlari import qilingani ma'lum qilingandi.

Top