11:06 / 25.05.2021
2395
O‘zbekistonning Ummondagi elchisi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi etib tayinlandi

Anvar Abduhalimov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Anvar Abduhalimov 58 yoshda. Toshkentda tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent davlat universiteti (hozir - O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Xorijda tarjimon bo‘lib ishlagan, o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan, Mehnat vazirligida faoliyat ko‘rsatgan. 

U 1999 yildan boshlab Tashqi ishlar vazirligi Markaziy apparatida va chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda mehnat qilgan. A.Abduhalimov 2018-2021 yillarda O‘zbekistonning Ummon Sultonligidagi elchisi lavozimida ishlagan.

Anvar Abduhalimov O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasiga maslahatchi etib tayinlangan Rahmatilla Nazarovning o‘rnini egalladi.

Top