11:53 / 25.05.2021
20383

Soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston prezident qarori bilan Jahongir Ibrohimovich Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Jahongir Abdiyev 1982 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

U soliq organlaridagi faoliyatini 2005 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi inspektori lavozimidan boshlagan. 

J.Abdiyev bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

U soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Top