09:18 / 26.05.2021
3717
2019-2020 o‘quv yili qabulida abituriyentlardan qariyb 900 mln so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan 
Foto: KUN.UZ

Senat kengashining majlisi o‘tkazildi. Majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi

Kengash majlisida ayrim budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari shakllantirilishi va ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

2018-2020 yillarda test sinovlari shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta'minlash uchun jamg‘arma hisobidan 93,3 mlrd so‘m sarflangan. 

“Shunga qaramay, 2019-2020 o‘quv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan abituriyentlardan 896,4 mln so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan, 30 mlrd so‘m mablag‘ tijorat banklari depozitlariga elektron saralash tizimisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan kelishuv asosida joylashtirilgan”, deyiladi ma'lumotda.

Shuningdek, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilmasdan 11,2 mlrd so‘mlik xaridlar amalga oshirilgani aytildi.

Top