15:00 / 26.05.2021
6921

Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

2021 yilning 26 may kuni O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy so‘zlari va ezgu tilaklarini yetkazgan.

“Uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta'kidlangan.

Muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

Top