20:00 / 26.05.2021
4514

Beeline Uzbekistan «2020 yil brendi» deb tan olindi!

2020 yil deyarli hamma uchun qiyin kechdi. Pandemiya ko‘plab sohalar, jumladan, mamlakatimiz telekommunikatsiya bozori uchun ham yangi chaqiruv bo‘ldi. Karantin choralarini joriy qilish davrida barcha muammolariga qaramay, Beeline Uzbekistan hayot va biznesning uzluksizligini ta'minlash uchun ijtimoiy mas'uliyatning bir qismini o‘z zimmasiga oldi. Shu jumladan, kompaniya ijtimoiy ahamiyatga ega resurslar uchun trafik narxini nolga tenglashtirdi, paketlar ichidagi trafik hajmini oshirdi, bir qator tariflar uchun roumingda bepul qo‘ng‘iroqlarni joriy qildi, rag‘batlantiruvchi aksiyalarni boshladi, har xil chegirmalar va bonuslarni taqdim etdi. Kompaniya tarmoqni kengaytirish va yangi baza stansiyalarni ishga tushirishni bir kunga ham to‘xtatmadi, infratuzilmaga, yangi aloqa obektlari va uskunalariga kuch va sarmoyalarini sarflashda davom etib, yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish va amalga oshirish ustida ishladi.

Buning barchasi e'tiborsiz qolmadi. Beeline Uzbekistan «2020 yil brendi» deb tan olindi!

Ta'kidlash joizki, ushbu mukofot to‘rt yil davomida O‘zbekiston bozoridagi eng faol kompaniya va tashkilotlarga berilib kelinmoqda. G‘oliblar iste'molchilar va mutaxassislar o‘rtasida berilgan ovozlar soniga qarab aniqlanadi. 24 toifa, 200 mingdan ortiq iste'molchilar. Ovoz berish 16 apreldan 14 maygacha telegram-botida o‘tkazildi.

Beeline Uzbekistan yana bir bor «Yil brendi» nominatsiyasida «Mobil operatorlar» toifasi bo‘yicha iste'molchilar fikriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi!

Beeline Uzbekistan tijorat direktori Alisher Hamidov:

– 2020 yilda bizning kompaniyamiz uchun burilish davri boshlandi, chunki biz har bir ishning markaziga abonentlarni qo‘yishga intildik. Bizning o‘sib borayotgan yangi raqamli xizmatlar ekotizimimiz zamonaviy raqamli texnologiyalarni xaridorlar haqidagi ma'lumotlar bilan birlashtiradi. Bularning barchasi har bir abonent ehtiyojlariga individual ravishda moslashib, ulardan foydalanish bilan birga yangi imkoniyatlar yaratish uchun. Bugungi kunda Beeline Uzbekistan bozor uchun o‘ziga xos raqamli dasturlar va mobil ilovalar ekotizimiga ega – Beeline Uzbekistan, Beepul, Beeline TV, Beeline Music, Beeline Pressa. Bizda O‘zbekistondagi eng yaxshi 4G tarmoqlaridan biri va biz unga sarmoyalashda davom etmoqdamiz. Bundan tashqari, men Beeline Uzbekistan'ning kuchli va mas'uliyatli jamoasining yutuqlarini alohida aytib o‘tmoqchi edim. Ular bizning biznesimizning muvaffaqiyati – bu brendimiz har bir abonentimizning bizdan kutilgan umidini oqlaganida deb hisoblashadi.

Beeline Uzbekistan marketing bo‘yicha v.b direktori Abdulaziz Mansurov:

– Kompaniyamiz taqdirlanganidan va iste'molchilar bizning rivojlanishimizni qo‘llab-quvvatlayotganidan minnatdormiz. Bizning mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz abonentlarimizga quvonch baxsh etishi va kundalik hayotni osonlashtirishi uchun har kuni barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Yil brendi bo‘lish – nafaqat g‘urur, balki katta mas'uliyatdir. Bu bizning kompaniyamiz va mijozlarimizning umumiy yutug‘idir. Birgina o‘tgan yilning o‘zida Beeline Uzbekistan brend qadriyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan bir qator ajoyib loyihalar va xizmatlarni amalga oshirdi. Ushbu mukofot bizning to‘g‘ri yo‘nalishimiz va harakatlarimiz uchun e'tirof bo‘ldi. Har bir ovoz uchun – rahmat! Biz bunday yuqori bahoga loyiq eng yaxshi va sevimli brend bo‘lishda davom etamiz!

Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali iste'molchilar bilan har doim faol aloqada. Abonentlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari, xizmatlar haqida ma'lumotga ega bo‘lishlari, shuningdek, muammolarni hal qilishlari uchun – kompaniya kun-u tun xizmatda.


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top