09:28 / 26.05.2021
5354

Muzrabotda turi aniqlanmagan hayvonning 2 ta bolasi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabod tumanida odamlar qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma'lum hayvonni urib o‘ldirgani tasvirlangan lavha tarqalgandi.

24-25 mayda ushbu holatni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda IIB voqea joyiga chiqib o‘rgangan.

Aholi noma'lum hayvon 10 dan ortiq chorva mollarini bo‘g‘izlab ketganini bildirgan. Shundan so‘ng fuqarolar hayvonni ta'qib qilib, tunda o‘ldirgan.

Hudud ko‘zdan kechirilganda Oriyat mahallasidagi “Shomurodov Akbar” fermer xo‘jaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh noma'lum hayvonning bolalari topilgan. 

Hozirda ushbu hayvon bolasini saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Mavzuga oid
Top