15:09 / 26.05.2021
208
Samarqand viloyatida o‘tgan 4 oyda sudlar tomonidan 317 nafar mas'uliyatsiz otaga chora ko‘rildi
Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyatida joriy yilning 4 oyi mobaynida sudlar tomonidan 317 nafar mas'uliyatsiz otaga nisbatan chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment ishi bo‘yicha qarzdor M.X. undiruvchi Sh.M.ga 52 million 105 ming so‘m, qarzdor M.H. undiruvchi N.A.ga 39 million 774 ming so‘m, qarzdor N.N. undiruvchi S.I.ga 20 million 476 ming so‘m qarzdorligini to‘lamasdan kelgan. Farzandi ta'minotiga befarq bo‘lgan mas'uliyatsiz otalardan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmagani sababli ularga nisbatan to‘plangan hujjatlar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining qarori bilan qarzdor otalarga nisbatan 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Top