21:23 / 26.05.2021
8322

Xitoy Vashingtonni koronavirus kelib chiqishini aniqlash uchun AQShga JSST ekspertlarini kiritishga chaqirdi

AQSh koronavirus kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tergov doirasida Xitoy kabi JSST mutaxassislarining o‘z obektlariga kirishini ta'minlashi kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan brifingda aytib o‘tdi.

Foto: Chjao Litszyan / AR/TASS

“Fort-Detrikdagi harbiy bazani va AQShning butun dunyodagi biolaboratoriyalarini iloji boricha ertaroq oching”, deb taklif qilgan Xitoy vakili AQShga.

Litszyan, shuningdek, AQShni “virus go‘yoki laboratoriyadan chiqib ketgani kabi yolg‘on axborot va fitnalar tarqatishda” aybladi. U koronavirus kelib chiqishining bunday versiyalarini bildirish JSST ishiga behurmatlik ekanini va pandemiyaga qarshi kurashdagi xalqaro sa'y-harakatlarga putur yetkazishi mumkinligini aytgan.

Joriy yil boshida JSST ekspertlari koronavirus kelib chiqishini aniqlash maqsadida Xitoyning Uhan shahridagi virusologiya institutiga tashrif buyurishgandi. Mutaxassislar tashrif natijalariga ko‘ra, virusning institut laboratoriyasidan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli “juda ozligi” haqidagi xulosaga kelishgan.

Biroq avvalroq AQSh nashri koronavirusga chalinish bo‘yicha dunyodagi birinchi holat qayd qilingandan bir oy oldin, ya'ni 2019 yil noyabrda Uhandagi laboratoriyaning birvarakayiga 3 xodimi og‘ir kasallikka uchragani va AQSh razvedkasi ushbu ma'lumotni o‘rganayotganini ma'lum qilgan.

AQSh prezidenti maslahatchisi Endi Slavitt koronavirus kelib chiqishining tagiga yetish zarurligini aytgan. “Bizga Xitoydan bu borada mutlaq ochiq-oydinlik zarur”, deb aytgan Slavitt.

Top