08:42 / 27.05.2021
676
Buxoroda O‘zbekiston-Rossiya rektorlari konferensiyasi o‘tkazildi

Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasida ikki davlatning nufuzli oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Anjumanda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, prezident davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov va boshqalar nutq so‘zladi.

Anjuman dasturiga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida ikki davlat 80dan ortiq OTM rektorlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda ochiq muloqot shaklida muhokama qilishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya OTMlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Top