16:43 / 27.05.2021
10090
Isroilning G‘azo sektoriga bergan raketa zarbalari harbiy jinoyat deb e'tirof etilishi mumkin

Isroil tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida G‘azo sektoridagi 132ta bino butkul vayron bo‘lgan, 316ta uyga zarar yetgan va yashashga yaroqsiz holga kelgan. Yana 6500ta uyga o‘rtacha yoki sezilarsiz darajada shikast yetgan.

Foto: AFP

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari harbiy jinoyat deb malakalanishi mumkinligini aytdi.

"Fuqarolar va fuqarolik obektlariga berilgan bunday zarbalar harbiy jinoyat deb e'tirof etilishi mumkin", - dedi Bachelet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar harbiy obektlarga berilgani o‘z tasdig‘ini topmagan.

"Isroilning bu binolarda qurollangan guruhlar joylashgani yoki ulardan harbiy maqsadlarda foydalanilgani to‘g‘risidagi bayonotlariga qaramasdan buning isbotini ko‘rmadik", - dedi Bachelet.

BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida G‘azo sektoridagi 132ta bino butkul vayron bo‘lgan, 316ta uyga zarar yetgan va yashashga yaroqsiz holga kelgan. Yana 6500ta uyga o‘rtacha yoki sezilarsiz darajada shikast yetgan.

Bundan tashqari, 42ta maktab, ikkita bolalar bog‘chasi, BMTning Yaqin Sharqdagi agentligiga qarashli mashg‘ulot markaziga raketa zarbalari oqibatida zarar yetgan.

Mavzu
Isroil va Falastin mojarosi
Yaqin Sharq may oyi o‘rtalarida Falastin-Isroil mojarosining 2014 yildan keyingi eng avj pallasini boshdan kechirmoqda.
Barchasi
Top