17:22 / 27.05.2021
543
Ohangaronlik maktab o‘quvchisi MDHda “Yilning eng yaxshi yosh olimi» bo‘ldi
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Ohangaron tumani 1-umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Akbaraliyev 20-21 aprel kunlari Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» xalqaro tanlovida ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda

«Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» xalqaro tanlovida MDH davlatlaridan 1000 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashgan bo‘lib, ulardan 100 nafarga yaqin ishtirokchilarning ilmiy ishlari tanlov uchun saralab olingan. 

Ishtirokchilarning 50 nafari fan, ta'lim, siyosat, biologiya, kimyo, tilshunoslik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ushbu tanlovda yurtimizdagi maktab o‘quvchilari uchun aniq va gumanitar fanlar bo‘yicha IT asosida ta'lim berish bo‘yicha tayyorlagan ilmiy ishim bilan ishtirok etishdi. 

Kamoliddin Akbaraliyev xalqaro tanlovda yuqori natijani qo‘lga kiritib, ko‘krak nishoni va diplom bilan taqdirlandi.

Top