08:29 / 27.05.2021
230
Qoraqalpog‘istonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshdi
Foto: KUN.UZ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Kun.uz'ga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida 644,4 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82,3 mlrd so‘mga yoki 14,7 foizga oshgan. 

Hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 11,7 foizni tashkil qilgan. 

 Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:

  • Nukus shahri – 94,2 mlrd so‘m;
  • Amudaryo tumani – 23,5 mlrd so‘m;
  • Beruniy tumani – 42 mlrd so‘m;
  • Bozatao‘ tumani – 3,7  mlrd so‘m;
  • Qorao‘zak tumani – 7,7 mlrd so‘m;
  • Kegeyli tumani – 21,4 mlrd so‘m;
  • Qo‘ng‘irot tumani – 37 mlrd so‘m;
  • Qanliko‘l tumani – 47,4 mlrd so‘m;
  • Mo‘ynoq tumani – 23,7 mlrd so‘m;
  • Nukus tumani – 9,4 mlrd so‘m;
  • Taxiatosh tumani – 83,2 mlrd so‘m;
  • Taxtako‘pir tumani – 34,3 mlrd so‘m;
  • To‘rtko‘l tumani – 46,5 mlrd so‘m;
  • Xo‘jayli tumani –49,1 mlrd so‘m;
  • Chimboy tumani – 93,3 mlrd so‘m;
  • Shumanay tumani – 7,5 mlrd so‘m;
  • Ellikqal'a tumani – 20,5 mlrd so‘m.
Top