12:00 / 28.05.2021
5668
Zon.uz internet do‘koni Amerika brendi DeWalt‘ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri bo‘ldi
Foto: Dewalt

Zon.uz internet do‘koni – faqat yuqori sifatli asbob-uskunalarni va jihozlarni dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan taklif etadi. Biz Dewalt, Stanley, Black + Decker kompaniyalarining rasmiy dileri hisoblanamiz.

DeWALT

DeWALT - bu qurilish, ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash sanoatiga mo‘ljallangan yuqori texnologik elektr asboblari, sarflanadigan materiallar, aksessuarlar, kiyim-kechaklarning Amerika brendi. Mahsulotlarning ishlab chiqarilishi AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Chexiyaning turli zavodlarida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda 300dan ortiq DeWALT elektrotovarlari va 1000dan ziyod asbob-uskunalar, himoya vositalari, kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. DeWalt mahsulotlari boshqa brendlardan ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan materiallarning yuqori ishonchlilik talablariga javob berishi bilan ajralib turadi.

Black + Decker

DeWALT markasi 1910 yilda Baltimorda tashkil topgan Stanley Black & Decker savdo korxonalari birlashmasiga tegishli. Konsernning tashkil topishi kichik ustaxonadan o‘nlab fabrikalarga qadar 100 yildan ortiq vaqtni tashkil etadi.

BLACK+DECKER muhandislari sanoat standartlariga aylangan ko‘plab asosiy yechimlar – birinchi dastakli va kurkov mexanizmli drelni, birinchi ixcham kompressorni, DIY-foydalanuvchilarga eng ommaviy drelni, birinchi akkumulyatorli Ni-CD batareyali shuruptovertni, birinchi DustBuster simsiz changyutgichni, birinchi simsiz bog‘instrumentni va boshqalarni kiritdilar.

STANLEY

STANLEY - qo‘lda ishlatiladigan asboblarning Amerika brendi. Kompaniya 1843 yilda tashkil topgan va dastlab oddiy uskuna, eshik qulflari va ilmoqlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

150 yil davomida kichik ustaxonalar avval fabrikalarga, so‘ngra zavodlarga aylandi va oxir-oqibat dunyoga mashhur bo‘lgan yirik korporatsiya shakllandi. Kompaniya qo‘l asboblari bilan bir qatorda saqlash tizimlariga, xususan, asboblar uchun qutilar va sumkalarga ham e'tibor qaratmoqda.

2010 yilda STANLEY va elektr asboblari ishlab chiqaruvchisi BLACK + DECKER birlashib, Stanley Black & Decker kompaniyasi yaratildi.

Zon.uz internet do‘koni Dewalt’ning rasmiy dileri hisoblanadi va quyidagi guruhlarda turli xil elektr asboblari savdosi bilan shug‘ullanadi:

Elektrouskunalar

Xususan qurilish va yog‘ochni qayta ishlash sanoatida eng ko‘p ishlatiladigan:

- Ko‘p ishlatiladigan uskunalar: drel, shurupovert va elektrootvertkalar, gaykovertlar

- Beton bilan ishlovchi: perforator va molotoklar

- Metall bilan ishlovchi: bolgarkalar, shlifomashinalar,

- Yog‘och bilan ishlovchi: elektrolobziklar, elektrorandalar, frezerlar, gvozdezabivatellar va shtiftozabivatellar,

2017 yilda Dewalt brendida bog‘dorchilik uskunalari sotuvga chiqdi. Bugungi kunda u trimmerlar, kustorezlar, vozduxoduvkalar, pilalardan tashkil topgan. Ular ishonchli va chidamli cho‘tkasiz dvigatel, Li-Ion akkumulyator, bir tekis start va favqulodda to‘xtatish funksiyalariga ega. Asbob ishlatishga qulay, tovush balandligi va vibratsiya minimal darajada.  

Akkumulyatorlar va zaryadlovchi qurilmalar

Har qanday qurilish maydonchasida, shubhasiz, har xil turdagi elektr, tarmoqli va akkumulyatorli uskunalar mavjud. Zamonaviy Dewalt batareyalari eng so‘nggi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan. Lityum-ionli batareyalar o‘z-o‘zidan zaryadsizlanishdan himoyalangan, "xotira effekti"dan mustasno. Ular katta hajmga ega bo‘lib, bir necha soatgacha to‘xtovsiz ishlashga qodir.

Zaryadlovchi qurilmalar akkumulyatorni zaryadlash uchun qo‘llaniladi. Ular vaqti-vaqti bilan zaryadlash kerak. Akkumulyatorni zaryadlash uchun moslama sotib olib, siz ularni doimo zaryadlangan holatda saqlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Rasxod materiallari

Rasxod materiallari - bu muayyan vaqt mobaynida yaroqsizlik holatiga kelib qoladigan elektroinstrumentlarning elementi hisoblanadi. Ularga pilniy bitalar, sverlolar, dolotlar, disklar, arralar kiradi.

Dewalt o‘zining elektroinstrumentlari uchun barcha kerakli rasxod materiallarini ishlab chiqaradi. Albatta, ular yuqori sifatli, bardoshli va ishonchli qilib ishlab chiqariladi. Dewalt sarf materiallari orasida boshqa hech qanday ishlab chiqaruvchida bo‘lmagan noyob qismlar ham mavjud.  

Uskunalar uchun yashik va sumkalar

Uskunalarni o‘zlari tashib yuruvchi ustalar asboblarni tashish muammosini yaxshi bilishadi: oddiy sumkalar va ryukzaklar tez yirtiluvchan bo‘ladi, asbob qutisi esa og‘ir va har doim ham qulay emas. Ta'mirchilarga, santexniklarga, montajchilarga, elektriklarga, STANLEY va Dewalt asboblari uchun ergonomik va ishonchli qutilar va sumkalar yordamga keladi.

Reklama huquqi asosida

Top