16:25 / 28.05.2021
2798
 Farg‘ona viloyati hokimligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Foto: Tojiyeva To‘lqinoy Abdujalilovna

Tojiyeva To‘lqinoy Abdujalilovna Farg‘ona viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

T. Tojiyeva 1970 yil 31 martda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha pedagog.

U 2003-2013 yillarda Bog‘dod tumanidagi 21, 30, 22-maktablarda direktor, 2015—2018 yillarda viloyat hokimi o‘rinbosari – viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. Joriy yilda prezident farmoni bilan “II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

To‘lqinoy Tojiyeva mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Bog‘dod tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat olib borayotgan edi.

Avvalroq, Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich viloyat hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Top