10:11 / 28.05.2021
14755

Koronavirus: Shifoxonalarda davolanayotganlar soni kamaymoqda, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgani va mamlakakatda pandemiya boshidan buyon koronavirusdan sog‘ayganlar soni 95 ming nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 27 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99580 (+236) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 48 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
  • Andijon viloyatida 24 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 49 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent viloyatida 46 nafar,
  • Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95250 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 687 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3643 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top