21:11 / 28.05.2021
11540
O‘zbekiston yoshlar jamoasi Ukrainani ham mag‘lub etib, Lobanovskiy xalqaro xotira turniri g‘olibiga aylandi

Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U21) Ukrainada o‘tgan Valeriy Lobanovskiy xotira turniri g‘olibiga aylanishdi.

Uch mamlakat – Ukraina, Ozarboyjon va O‘zbekiston yoshlar jamoalari ishtirokida o‘tgan turnirning dastlabki bahsida ozarlar ustidan minimal hisobda ustun kelgan vakillarimiz, ikkinchi o‘yinda mezbon Ukrainani mag‘lub etishdi. 

Dastlab Jasur Jaloliddinov himoyachining qo‘pol xatosini golga aylantirgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Husayn Norchayev ikkinchi golga mualliflik qildi – 2:0. 

Ushbu o‘yinni milliy jamoamiz sobiq futbolchisi Maksim Shatskix va Ukraina futboli afsonasi, «Nasaf» sobiq bosh murabbiyi Anatoliy Demyanenko stadionda kuzatib borishdi.

Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniri – 2021.
28 may (juma)
Ukraina U-21 – O‘zbekiston U-21 – 0:2
Gollar
: Jasur Jaloliddinov 41, Husayn Norchayev 63.
O‘zbekiston U-21: Hamidullo Abdunabiyev, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Eldor Begimov, Odil Abdumajidov, Sunnatulloh Hamidjonov, Diyor Rahimqulov, Rizo Turdaliyev, Diyor Xolmatov, Jasur Jaloliddinov, Husayn Norchayev, Ulug‘bek Hoshimov.

26 may. Ukraina U-21 – Ozarboyjon U-21 – 0:1 (Gurbanli, 17)
27 may. Ozarboyjon U-21 – O‘zbekiston U-21 – 0:1 (J.Jaloliddinov, 75)

Turnir jadvali:
1. O‘zbekiston U-21 – 6 ochko
2. Ozarboyjon U-21 – 3 ochko
3. Ukraina U-21 – 0 ochko.

Top