18:15 / 28.05.2021
11073

Rasman: Allegri - «Yuventus» bosh murabbiyi 

Turinning «Yuventus» klubi bugun, 28 may kuni iste'foga chiqarilgan Andrea Pirlo o‘rniga yangi bosh murabbiyni e'lon qildi.

Massimiliano Allegri rasman klub bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi. 53 yoshli murabbiy bilan 4 yillik shartnoma imzolangan. Avvalroq, u Turinda yillik 9 million yevro maosh olishi haqida e'lon qilingandi.

Italiyalik mutaxassis bungacha 2014-2019 yillar davomida «Yuventus» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib, 11ta sovrin, shu jumladan 5 karra A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Uning qo‘l ostida Turin klubi ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqib, «Barselona» va «Real»ga mag‘lubiyatga uchragandi.

Eslatib o‘tamiz, bir yillik faoliyatidan keyin bugun, 28 may kuni Andrea Pirlo «Yuventus» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgandi.

Top