10:48 / 28.05.2021
1796

Xorazm viloyati ko‘chmas mulk obektlarining 68 foizi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari hamkorligida «Kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.  

Unda sohada amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklar haqida axborot berildi.

Xorazm viloyatida jami 417 532ta turar va noturar joy obektlari mavjud bo‘lib, shundan 394 631ta ko‘chmas mulk obektiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.

Jumladan, o‘tgan 4 oy mobaynida 9369ta yakka tartibdagi uy-joy, 882ta kvartira, 1755ta noturar joy obektlari, 382ta yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, 373ta noturar joy obekti qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, jami 12761ta ko‘chmas mulk obekti kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilingan.

Xorazm viloyatida joylashgan jami 417 532ta ko‘chmas mulk obektidan bugungi kunga qadar jami 284 402ta (68,11 foizi) ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

O‘tgan 4 oy mobaynida 8524ta yakka tartibdagi uy-joy, 534ta kvartira, 1545ta noturar joy obekti, 662ta yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, 739ta noturar joy obekti qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, jami 12004ta ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqlar, 129ta yer uchastkasi va 883ta bino, inshootlarning ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomalari hamda 34ta ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

«Innola» elektron dasturiy ta'minoti orqali viloyatdagi jami 4667ta fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan 795ta yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Viloyat hududida jami 4339ta, 403,63 gektar bo‘sh yer maydonlari aniqlanib, shundan 2739ta, jami 337,05 gektar yer maydoni tadbirkorlik obektlari qurilishi uchun E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonchasiga elektron auksion savdolariga joylashtirilgan. 

1465ta, jami 119,31 gektar yer maydonlari bo‘yicha auksion savdolari g‘oliblari aniqlanib, yer maydonlari ajratib berilgan. Bugungi kunda 1034ta, jami 195,96 gektar yer maydoni  E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonchasida savdoda turibdi.

Mavzuga oid
Top