14:55 / 28.05.2021
670
Xorazmda hokimlar «BREYN RING» intellektual o‘yinida ishtirok etishdi

Xorazm viloyatida «Yoshlar festivali - 2021» doirasida turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va konsertlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Xivada barcha shahar va tuman jamoalari o‘rtasida «BREYN RING» intellektual o‘yini ham o‘tkazildi. Ba'zi tuman jamoalari tarkibida hokimlar ham ishtirok etishdi.

Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev 
Urganch tumani hokimi Frunze Sharipov 
Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Masharipov 

 

Yangiariq tumani hokimi Anvar Davletov 
Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov
Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov

O‘yin davomida jamoalar turli mavzulardagi savollarga qisqa vaqt ichida to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.

2-bosqichda o‘tkazilgan musobaqada Xiva tumani hokimligi 1-o‘rinni, Xiva shahar hokimligi 2-o‘rinni, Yangibozor tumani hokimligi 3-o‘rinni egalladi.

Top