14:56 / 28.05.2021
7864
«Yuventus» Andrea Pirlo iste'foga chiqarilganini e'lon qildi 

«Yuventus» klubi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

Turin klubi Pirlo qo‘l ostida A Seriya joriy mavsumida 4-o‘rinni egallab, YeChLga yo‘llanma olish bilan birga Italiya kubogi sohibiga aylandi. Biroq A Seriya chempionligi uchun kurash va YeChLdagi ishtirokini erta tark etgandi.

Italiyalik 42 yoshli mutaxassis 2020 yilning 8 avgust kuni Mauritsio Sarri o‘rniga «Yuventus» bosh murabbiyi sifatida ish boshlab, klub bilan 2022 yilning 30 iyun kuniga qadar shartnoma imzolagandi.

Avvalroq, Pirlo iste'foga chiqarilishi va uning o‘rniga Massimiliano Allegri bosh murabbiyga aylanishi haqida xabar berilgandi.

Top