15:16 / 29.05.2021
5293

BMT bosh kotibi davlatlarni ko‘mir sanoatiga investitsiya kiritishni to‘xtatishga chaqirdi

O‘tgan haftada «Katta yettilik» mamlakatlari (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Germaniya, Yaponiya va Kanada) ko‘mirdan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan voz kechishga qaror qildi.

 Mamlakatlar o‘z investitsiyalarini ko‘mir sanoatidan qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazishlari lozim, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

«Bu shuningdek, mamlakat ichida va xorijda ko‘mir qazib olishni moliyalashtirishni to‘xtatish hamda ko‘mirdan foydalanishdan voz kechishni ham anglatadi», — dedi u.

 Aprelda Janubiy Koreya xorijdagi ko‘mir elektr stansiyalarini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma'lum qilgandi, dedi Guterrish.

 U «G7 guruhining iqlim bo‘yicha vazirlari va boshqa rahbarlar ham ana shunday majburiyatni zimmalariga olishlari»ga umid bildirdi.

 O‘tgan haftada «Katta yettilik» mamlakatlari (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Germaniya, Yaponiya va Kanada) ko‘mirdan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan voz kechishga qaror qildi.

Ushbu qaror G7 mamlakatlarining ekologiya, iqlim va atrof-muhit bo‘yicha vazirlari uchrashuvida qabul qilindi.

Top