11:38 / 29.05.2021
916
Denovda «Damas» urib yuborgan velosiped haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan velosiped boshqarib ketayotgan shaxsni «Damas» urib yuborgan. Oqibatda velosipedda harakatlanib ketayotgan shaxs vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 may kuni soat 15:45larda M41 xalqaro avtomobil yo‘lining Denov tumani Yangiariq mahallasidan o‘tuvchi 1489-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Sho‘rchi-Denov yo‘nalishida harakatlanayotgan 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Damas» mashinasi bilan velosipedda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1952 yilda tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda, velosipedda harakatlanayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Denov tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top